3-darajali davlat adliya maslahatchisi Azimjon Ergashev Jizzax viloyati prokurori etib tayinlandi.
Bu haqdagi buyruq 27 mart kuni Konstitusiya hamda “Prokuratura to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq O`zbekiston bosh prokurori tomonidan imzolandi.
Azimjon Ergashev 5 yil muddatga Jizzax viloyatiga prokuror hamda viloyat prokuratura kollegiyasi raisi etib tasdiqlandi.
Avvalroq Buxoro va Samarqand viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlangandi.






