“GM Uzbekistan” iste`molchilar talabi oshib borayotganini inobatga olib, 2017 yilning aprel oyidan Avtomatik uzatish korobkasi (AKPP) bilan jihozlangan avtomobillarning ishlab chiqarilishini oshiradi.
Endilikda “avtomat korobkali” avtomobillar umumiy ishlab chiqarish hajmining hozirgi kundagi 20% dan 40% ga oshiriladi. Bu haqda kompaniyaning Facebook ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
AUK (A/T) li quyidagi yangi modifikasiyalar qo`shiladi:
Lacetti SX A/T
Cobalt LT A/T
Nexia LT A/T