O`zbekistonlik bokschi Fazliddin G`oibnazarovning professional ringda o`z faoliyatini boshlaganligi haqida avvalroq xabar berilgandi. Uning ilk raqibi nomi va jang o`tkazilish joyi aniq bo`ldi.
“Olamsport”nashrining xabar berishicha, u o`zining ilk jangini 22 aprel kuni AQShning Kaliforniya shtati Karson shahrida joylashgan ClubHub Center arenasida o`tkazadi. O`sha kuni G`oibnazarov amerikalik Viktor Vaskesga qarshi ringga chiqadi.
Viktor Vaskes 1995 yil AQShning Nyu-York shahrida dunyoga kelgan. U professional boksda hozirga qadar 9 ta jang o`tkazgan bo`lib, shundan 7 tasida raqiblarini mag`lub etib, 2 tasida mag`lub bo`lgan. 3 ta jangda raqiblari nokaut bo`lgan.