“GM Uzbekistan” AJ ishlab chiqargan avtomobillarni xarid qilish va xariddan so`ng ularga xizmat ko`rsatish masalalarida kelib chiqadigan savollarni ob`ektiv ko`rib chiqish va ularga asosli echimlar topish maqsadida, kompaniya rahbarlari joylarda uchrashuvlar o`tkazishmoqda.
28 mart kuni bunday uchrashuv Namangan viloyati aholisi uchun, «GM Uzbekistan» AJning Bosh Direktori vazifasini bajaruvchi Rajabov Rustam Baxtiyorovich bilan Namangan shahridagi «Namangan Avtotexxizmat» binosida o`tkazildi.
Bugun, 29 mart kuni uchrashuv Andijon shahridagi «Andijon Avtotexxizmat», 30 mart kuni esa Farg`ona shahridagi «Farg`ona Avtotexxizmat» binolarida bo`lib o`tadi.
Kecha Nukus shahrida «GM Uzbekistan» AJning Boshqaruvchi Direktori Muxiddin Sultonov bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Shuni qayd etib o`tish lozimki, bu uchrashuvlar GM Uzbekistan vakillarining aholi bilan birinchi uchrashuvlari emas. Bundan avval bu turdagi uchrashuvlar Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida va Toshkent shahrida bo`lib o`tgan edi.
Bundan tashqari, "O`zavtosanoat" AJ ning rahbarlari va mutahassislaridan tashkil topgan maxsus ishchi guruh, har ish kuni soat 8:00 dan 11:00 gacha fuqarolarni «GM Uzbekistan» AJ ning bosh ofisida (107 xona) qabul qilishlarini eslatib o`tamiz. Kompaniyaning elektron pochtasi manzili: gmuzbekistan@uzgm.uz, kompaniyaning Bosh Direktori virtual qabulxonasi esa quyidagi manzilda joylashgan: http://gmuzbekistan.uz/forma-obrascheniya.html