AsosiyJamiyat

​Prezident II jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida Farmon imzoladi

'​Prezident II jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida Farmon imzoladi'ning rasmi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi. Farmonning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.

Unga ko`ra, 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o`tkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 72 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag`batlantirish maqsadida 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 2 000 000 (ikki million) so`m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

Mazkur Farmonni bajarish bilan bog`liq sarf-xarajatlar O`zbekiston Respublikasi byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali va bayramona vaziyatda topshiriladi.

Farmon ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar