4 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori imzolangani haqida avvalroq xabar bergandik.
Mazkur qarorga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida 2017 yil 9 may soat 21.00 da bayram salyutini tashkil qilish topshirilgan.
Shuningdek qarorda o`tkaziladigan bayram tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududida istiqomat qiluvchi 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarini Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan marosimlarga temir yo`l yoki avtomobil transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi hamda zarur hollarda kiyim-kechak bilan ta`minlanishi ko`zda tutilgan.