1

​“O`zbekiston” telekanalida “O`zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyati tanqidiy muhokama etiladi (Video)

Jamiyat 12.04.2017, 15:58
Teglar: Avto, Video, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, GM Uzbekistan
​“O`zbekiston” telekanalida “O`zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyati tanqidiy muhokama etiladi (Video)

“O`zbekiston” telekanalida 12 aprel, chorshanba kuni soat 20:05 da efirga uzatiladigan “Muloqot va manfaat” nomli tahliliy ko`rsatuvda “O`zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyati tanqidiy ruhda muhokama etiladi. Bu haqda Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhi sahifasida ma`lum qilindi, deb yozadi “Daryo”.

Ko`rsatuvda, jumladan, quyidagi masalalar ko`rib chiqiladi:

Avtomobil sotib olishga shartnoma tuzish navbatining ochiq va oshkora emasligi;

To`lovlarni bank plastik kartochkasi orqali amalga oshirish muammo bo`layotgani;

Avtomobilni shartnomada ko`rsatilgan muddatda berilmayotgani;

Jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalarda iste`molchilar huquqlarini cheklovchi va ishlab chiqaruvchilar manfaatiga xizmat qiluvchi shartlar kiritilganligi;

Yangi avtomobillarda bir qator nosozliklar mavjudligi;

Kreditga avtomobil sotib olishdagi qiyinchiliklar.

Ko`rsatuvda GM Uzbekistan bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov, GM Uzbekistan marketing, savdo va avtoservis bo`yicha boshqaruvchi direktori Muhiddin Sultonov, «O`zavtotexxizmat» MChJ boshqaruvi raisi Botirxo`ja Siddiqov, «Asaka» banki departamenti direktori Behzod Abduraxmanov, mazkur bank departament direktori o`rinbosari Farrux To`lavov, Davlat Raqobat qo`mitasi boshqarma boshlig`i Dilshod Azimov ishtirok etadi.


Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1