AsosiyJinoyat
6027

​Farg`onada ikki yigit va bir qizdan iborat talonchilar qo`lga olindi

'​Farg`onada ikki yigit va bir qizdan iborat talonchilar qo`lga olindi 'ning rasmi

Farg`ona shahrida Yangi asr ko`chasida yashovchi 1994 yilda tug`ilgan fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, uyi oldida ketayotgan vaqtida davlat raqami va rangi aniqlanmagan “Damas” rusumli avtomashina kelib to`xtab, undan noma`lum shaxs tushib uning qo`lidan planshetini tortib olib, avtomashinasiga o`tirib voqea joyidan qochib ketganligi haqida ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan O`zR JK-ning 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor–qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Andijon shahrida yashovchi, 1999 yilda va 1993 yilda tug`ilgan ikki nafar yigit hamda Farg`ona viloyati Quva tumanida yashovchi 1994 yilda tug`ilgan qiz sodir etgani aniqlanib, qo`lga olindilar.

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb yozadi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Hali hayotning oqu qorasini tatib ulgurmagan, birovning mulkiga ko`z olaytirgan bu uchovlon umrining eng navqiron, go`zal davrini temir panjara ortida o`tkazadigan bo`lishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar