Rossiyada ishlashni xohlagan o`zbekistonliklarni migrasiyaga qadar tayyorgarlikdan o`tkazishni ta`minlash yuzasidan O`zbekiston va Rossiya o`rtasida mazkur loyihani tasdiqlash bo`yicha ratifikasiya tayyorlanmoqda, deb xabar berdi Ru.sputniknews-uz.com nashri.
Rossiya hududida ishlashni istovchi hamyurtlarimiz tartibli ravishda tanlab olinib, ishga joylashtirish ikki mamlakat o`rtasida tasdiqlangan “O`zbekiston respublikasi fuqarolarini Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish” loyihasi bo`yicha amalga oshiriladi.
“Mazkur bitim loyihasi O`zbekiston respublikasi fuqarolarini Rossiya hududida aniq manzilli ish bilan ta`minlash va ularning mehnat faoliyati boshlanishdan ilgari, migrasiyaga qadar tayyorgarlikdan o`tkazishni amalga oshirishga qaratilgan”, — deb yuqoridagi hujjatga izoh berdi Rossiya hukumati sayti.
Bunday tayyorgarlik migrantlar orasida Rossiyada ishga joylashish imkoni haqida axborotlar berishni, o`quv-metodik materillarga muvofiq Rossiya federasiyasi maorif vazirligi tavsiyasi bilan kompleks imtihon topshirishni va nazorat qilishni o`z ichiga oladi.
30.01.2023, 12:54
Daniyalik siyosatchi Rasmus Paludan Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi yaqinida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi. Endi u buni "Checheniston va uning rahbarining aybi bilan" qilganini, shuningdek, chechenistonlik...24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...13.12.2022, 11:03
Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...