AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev Jizzaxdagi Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi

'​Shavkat Mirziyoev Jizzaxdagi Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasida bo`ldi, deb xabar beradi O`zA.

Prezidentimiz taklifi bilan 2017 yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e`lon qilindi. Xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini ro`yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishiga aylandi. 2016 yil 28 dekabrda Prezidentimizning «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida»gi farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmonga muvofiq Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasida ham fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishiga oid konstitusiyaviy huquqlarini ta`minlash uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Xalq qabulxonasi Jizzax shahri, Sh.Rashidov shohko`chasi, 117- uyda joylashgan.

Boshqa yangiliklar