Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi keng miqyosdagi bayram tadbirlari dasturini tayyorlamoqda.
Shahar bo`ylab avtomobil kolonnasi marshi ham bayram tadbiri dasturiga kiritildi. Mazkur tadbirning bugungi repetisiya jarayonini Toshkent shahar aholisining aksariyat qismi kameraga muhrlab, “Voditeli Tashkenta” guruhida bo`lishishdi. Tadbir repetisiyasi davomida avtokolonna Janubiy vokzalning Gavhar ko`chasidan Shota Rustaveli ko`chasiga, undan Yunusobod orqali o`tib, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi akademik Mirzaev nomli bog`dorchilik instituti tomon yo`l oldi.
Hammamizga yaxshi ma`lumki, 9 may kuni poytaxtimizda mamlakat rahbarlari ishtirokida o`tkaziladigan bayram tadbiriga O`zbekistonning turli hududlarida yashovchi 600 dan ortiq urush va mehnat faxriylari taklif etiladi. Ular Toshkentga kelishlari uchun temiryo`l va avtomobil transportlari xizmati, mehmonxona, oziq-ovqat bilan ta`minlanadi, moddiy yordam ko`rsatiladi, shu bilan birga ular ko`ngilochar tadbirlarda ishtirok etishadi, mazkur tantanali tadbir uchun zarur bo`lgan holda kiyim-kechak bilan ham ta`minlanadi.