AsosiyJAMIYAT

Yozgi ta'tilda o'quvchilar nazorati bo'yicha kafolat xati olinayotgani rad etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni yozgi ta’til davrida nazorat qilish bo‘yicha o‘qituvchilardan kafolat xati olinayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

'Yozgi ta'tilda o'quvchilar nazorati bo'yicha kafolat xati olinayotgani rad etildi'ning rasmi

Vazirlik axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning ma'lum qilishicha, ota-onalar bilan hamkorlik qilish maqsadida sinf rahbarlaridan kafolat xati olish yuzasidan hududiy bo'linmalar yoki ta'lim muassasalariga hech qanday ko'rsatma va tavsiya berilmagan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kafolat xati namunasi keng muhokamalarga sabab bo'lgan edi.

Undа sinf rahbarlari o'zlari rahbarlik qilayotgan o'quvchilarni qattiq nazorat qilishi, turli yig'inlar va pul yig'imlariga yo'l qo'ymasligi, shuningdek, ota-onalardan kafolat xatlari olishi va ta'til davomida muntazam aloqada bo'lib turishi lozimligi qayd etilgan.

Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o'rta ta'lim to'g'risida"gi nizomiga muvofiq, maktablarda yozgi ta'til oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan, bosqichli nazorat o'tkazilmaydigan sinflarda esa o'quv yili yakunlangan kunning ertasidan boshlab 1 sentabrgacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar