Toshkent viloyatining Parkent tumanida onasiga nisbatan qo‘pol muomala qilib, unga qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lgan erkak ma'muriy qamoqqa olindi. Uning harakatlari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.
Toshkent viloyati IIBB ma'lum qilishicha, holat joriy yilning 6 may kuni sodir bo‘lgan. Videoda ko‘ringan 37 yoshli erkak ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlangan. U shu vaqtgacha zarur muolajalarni olib kelgan.
Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, ayolga avvalroq himoya orderi ham rasmiylashtirilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, erkakka nisbatan 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.






