AsosiyJamiyat

​Toshkentda Xalqaro oila kuniga bag`ishlab velomarafon bo`lib o`tdi

'​Toshkentda Xalqaro oila kuniga bag`ishlab velomarafon bo`lib o`tdi'ning rasmi

Toshkentda 13 may kuni "Sog`lom ayol — sog`lom avlod" an`anaviy bahorgi ayollar velomarafoni bo`lib o`tdi.

Velomarafon har yili 15 may kuni nishonlanadigan Xalqaro oila kuni munosabati bilan o`tkazildi. Unda 18-30, 31-45 va 45 yoshdan yuqori toifalarda xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Marafon g`oliblarni qutlash marosimi hamda san`atkorlarning chiqishlari bilan nihoyasiga etdi. O`zbekistonlik ayrim estrada yulduzlari va taniqli sportchilar ham velomarafonda qatnashishdi.

Ayollar marafoni O`zbekiston velosport federasiyasi va UNFPA hamkorligida tashkil etildi. Tadbirni o`tkazishdan asosiy maqsad ayollar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilishdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar