Shahrimizning bir qator tumanlarida Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshkarmasi xodimlari tomonidan “Oriyat” tadbirlari o`tkazilgan bo`lib, uning natijasiga ko`ra bir qator foxishaxona saqlash jinoyatlari fosh etildi.
Xususan, 2017 yilning 12 may kuni soat 23 larda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Yashnobod tumani hududida fuqaro Marxamat Nishonova 100.000 so`m evaziga fuqaro “A” va “B” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
13 may kuni soat 23 larda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Olmazor tumani hududida fuqaro Ma`ruf Xakimov 50 AQSh dollari evaziga fukaro “M” va “A”larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
14 may kuniga o`tar kechasi soat 01 larda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida muqaddam foxishaxona tashkil etish jinoyati sodir etganligi uchun sudlangan fuqaro BOLIBEK BOBOBEKOV 100.000 so`m evaziga fuqaro “M” va “A” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
2017 yil 18 may kuni soat taxminan 08:20 larda, fuqaro Ruslan Nojkin g`arazli va boshqa past niyatlarda, Yashnobod tumani hududida joylashgan o`z xonadonida fohishaxona saqlab, 40.000 so`m pul evaziga fuqarolar “K” va “M” larga jinsiy aloqa qilishlariga sharoit yaratib berganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tuman IIBlari huzuridagi Tergov bo`limlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi, ya`ni (foxishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.