AsosiyJamiyat

​GM Uzbekistan avtomobillar sotishni vaqtincha to`xtatdi

'​GM Uzbekistan avtomobillar sotishni vaqtincha to`xtatdi'ning rasmi

29 maydan GM Uzbekistan AJ yangi shartnomalar tuzish va avtomobillarni berishni vaqtinchalik to`xtatdi.

Mazkur to`xtatilish avtomobillar qoldiqlarini inventarizasiya qilinishi munosabati bilan amalga oshiriladi, deya xabar beriladi kompaniyaning Feysbuk ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy sahifasida.

31 maygacha davom etadigan inventarizasiyadan so`ng to`langan shartnomalar bo`yicha avtomobillarni, tuzilgan shartnomalarda ko`rsatilgan narxlarda etkazib berish amalga oshiriladi.

Eslatma: xaridor tomonidan shartnomada ko`rsatilgan avtomobil narxining oldindan to`lanishi belgilangan minimal qiymati (85%) yoki to`liq qiymati to`langan holatda, avtomobil narxi to`langan hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar