AsosiyJamiyat

​GM Uzbekistan avtomobil xarid qilish uchun to`lov turlari haqida ma`lumot berdi

'​GM Uzbekistan avtomobil xarid qilish uchun to`lov turlari haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

1 iyundan faqat milliy valyuta so`mga sotila boshlagan GM Uzbekistan avtomobillarini xarid qilish, to`lov amalga oshirish usullari haqida kompaniyaning Facebook’dagi saxifasi orqali ma`lumot berildi.

Jismoniy shaxslarga avtomobil etkazib berish quyidagi tartiblarda amalga oshiriladi:

- Naqd pul mablag`larini bank tashkilotlari kassasiga topshirish yo`li orqali;

- Jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan avtomobilni xarid qilish uchun beriladigan iste`mol krediti hisobidan yoki jismoniy shaxslarning omonat (depozit) hisob raqamlaridagi mablag`lardan pul o`tkazish yo`li orqali;

- Faqatgina xaridor nomiga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxsning plastik kartochkasi orqali.

Yuridik shaxslarga avtomobilni etkazib berish quyidagicha amalga oshiriladi:

- Yuridik shaxslarning banklardagi depozit hisob raqamlaridan, pul mablag`larini qonunda belgilangan tartibda pul o`tkazish yo`li orqali;

- Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxslarga yoki yakka tadbirkorlarga avtomobil xarid qilish uchun berilgan kredit hisobidan, ssuda hisob raqamlaridagi mablag`lardan pul o`tkazish yo`li orqali.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar