AsosiyJamiyat

​IIV: Qotillik jinoyati 19,1 foizga kamaydi

'​IIV: Qotillik jinoyati 19,1 foizga kamaydi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni Huquqbuzarliklar profilaktika kuni deb elon qilindi.

Bunga muvofiq Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari va hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar rejasi ishlab chiqildi va hayotga izchillik bilan tatbiq etilib kelinmoqda. Ya`ni payshanba kunlari o`tkazib kelinayotgan profilaktika tadbirlarida ichki ishlar organlari xodimlari, prokurorlar, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” YoIH, Xotin-qizlar qo`mitasi, “Nuroniy” jamg`armasi, Musulmonlar idorasining joylardagi vakillari, umuman, barcha yurtdoshlarimiz faol qatnashmoqda.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” joriy etilganidan boshlab hozirgi kunga qadar sodir etilgan jinoyatlar soni o`tgan yilga qaraganda

6,7 foizga kamayishiga erishildi.

Jinoyatning og`ir turlaridan qotillik 19,1 foizga, bosqinchilik 13,0 foizga, bezorilik 34,7 foizga va tan jarohati etkazish 11,2 foizga kamaydi. Huquqbuzarliklarning oldini olishi bo`yicha aholi bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, davra suhbatlari o`tkazilmoqda.

Shuningdek, o`tkazilgan tadbirlar davomida profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlangan Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi B.Ikromovning (Ism-shariflari o`zgartirilgan) xonadoni tekshirilganida, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi S.Saidov va Namanganlik R.Amirbekovalarga 20.000 so`m evaziga, jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, guvohlar ishtirokida qonuniy chora ko`rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan. Xuddi shunday holatlardan biri Bektemir tumanida ham aniqlangan Farg`ona viloyatilik Sh.Farmonova (Ism-shariflari o`zgartirilgan) F.Yo`li ko`chasidagi ko`prik ostida Samarqandlik viloyatida yashovchi X.Oripova va Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi R.Avazovlarni 50.000 so`m pul evaziga, jinsiy aloqa qilishlari uchun qo`shmachilik qilayotganligi aniqlanib, guvohlar ishtirokida qonuniy chora ko`rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Boshqa yangiliklar