Haftaning Payshanba kuni Respublikamiz miqyosida «Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni» deb e`lon qilinganligi munosabati bilan Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi tomonidan 9 ta yo`nalishlarda tadbirlar o`tkazildi va ularni natijalari yuzasidan keyingi sahifalarimizda batafsil ma`lumotlar berib boriladi.
2017 yilning 1 iyun kunidan 8 iyun kuniga qadar Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan
- jamoat tartibini saqlash
- fuqarolar xavfsizligini ta`minlash
- ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish
- jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish
- yo`l harakati va yong`in xavfsizligi profilaktikasi xamda
- sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izi”dan fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berildi.
Sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligini ta`minlash maqsadida, olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida hafta davomida – 16 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etildi. shundan:
1 ta – bosqinchilik,
9 ta – o`g`irlik,
4 ta – firibgarlik
1 ta – nomusga tegish,
1 ta – boshqa turdagi
Shuningdek, yil boshidan – 1011 nafar, shundan hafta davomida – 34 nafar qidiruvda bo`lgan jinoyatchilar ushlandi.
Bundan tashqari, yil boshidan - 329 nafar shaxs bedarak yo`qolgan sifatida ro`yxatga olingan bo`lib, tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida yil boshidan – 248 nafari, hafta davomida esa 12 nafari aniqlanib yashash joylariga kaytarilgan.
Shu bilan bir qatorda, 2017 yilning 5 oyi davomida barcha yo`nalishlardagi jinoyatlar 584taga, (foiz jihatidan 9 foizdan ortiqroq), jumladan, shaxsga qaratilgan jinoyatlar, ya`ni qasddan odam o`ldirish, nomusga tegish kabi jinoyatlar kamayishiga erishildi.