AsosiyJamiyat

​Mirobod tumanida yana bir fohishaxona faoliyatiga chek qo`yildi

'​Mirobod tumanida yana bir fohishaxona faoliyatiga chek qo`yildi'ning rasmi

2017 yilning 8 iyun kuni taxminan soat 00:30 larda, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Qodirjon Amanov Mirobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 70.000 so`m pul evaziga fuqarolar «S» va «O»larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning o`xshashlik holati tasodifiy harakterga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar