AsosiyJamiyat

​Chilonzor tumanidagi xonadonlarning birida fohishaxona aniqlandi

'​Chilonzor tumanidagi xonadonlarning birida fohishaxona aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar matbuot xizmati xabariga ko`ra, 2017 yilning 13 iyun kuni taxminan soat 16:00 larda, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sardor Umarov Chilonzor tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 50.000 so`m pul evaziga fuqaro «D» va «R» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning o`xshashlik holati tasodifiy harakterga ega.

Boshqa yangiliklar