Kecha, 21 may kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida kuzatilgan kuchli yomg‘irgarchilik oqibatida Nexia-2 rusumli avtomobil sel suvida qolib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tumanda yomg‘irgarchilik sabab suv sathi keskin ko‘tarilgan. “Jismonsoy” MFY hududidagi ichki avtomobil yo‘lidan oqib o‘tgan sel suvini kesib o‘tishga uringan Nexia-2 oqim ta’sirida qolgan.
Hodisa joyiga yetib borgan FVB qutqaruvchilari haydovchi va avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqqan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida fuqaroga tan jarohati etmagan.






