AsosiyJamiyat

​Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida Prezident Qarori e`lon qilindi

'​Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida Prezident Qarori e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Ramazon hayitini nishonlash to`g`risida Qaror imzoladi.

Qarorga ko`ra, O`zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 26 iyun dushanba kuniga to`g`ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2017 yil 26 iyun dam olish kuni deb belgilandi va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanishi topshirildi.

Respublika «Nuroniy», «Mahalla» jamg`armalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitini joylarda xalqimizning milliy urf-odatlariga mos tarzda, tartibli va yuqori darajada o`tkazish uchun zarur tadbirlarni amalga oshiradi.

Qarorning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar