O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vaziri Qosimov Rustam Sobirovich lavozimidan ozod etildi.
2017 yil 20 iyundagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Rustam Qosimv O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi birinchi o`rinbosari – Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.
Rustam Qosimv O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vaziri lavozimidan shu munosabat bilan ozod etildi. Bu haqda Prezidentning rasmiy saytida ma`lum qilindi.