AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev: Fuqarolar murojaatlarining qariyb 90 foizi asosli

'​Shavkat Mirziyoev: Fuqarolar murojaatlarining qariyb 90 foizi asosli'ning rasmi

Virtual qabulxona va Xalq qabulxonalari o`z faoliyatini boshlaganidan buyon o`tgan davr mobaynida mamlakatimiz bo`yicha qariyb 890 mingga yaqin fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Ushbu murojaatlarning 93 foizi o`rganilib, tegishli javob qaytarildi.

Murojaatlarning qolgan qismi esa, ayni paytda mutaxassislar tomonidan ko`rib chiqilmoqda.

Alohida ta`kidlash zarurki, fuqarolarimizdan kelib tushayotgan murojaatlarning qariyb 80-90 foizi asosli va o`rinli bo`lib, ular yillar davomida e`tibor qaratilmasdan, to`planib qolgan muammolar ekanini tahlillar ko`rsatmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev ushbu raqamlarni “Ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda so`zlagan nutqida ma`lum qilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar