28 iyun kuni kechqurun o`zbekistonlik “Umra-2017” Ramazon mavsumi ziyoratchilari Vatanga sog`-salomat qaytdilar.
Ziyoratchilarni kutib olish Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirildi, deya xabar beradi Din ishlari bo`yicha qo`mita Axborot xizmati.
Ko`tarinki kayfiyatda qaytgan ziyoratchilarimiz yuqori saviyada tashkil etilgan ziyorat uchun o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Eslatib o`tamiz, ziyoratchilarning oxirgi guruhlari 29 iyun kuni Toshkentga qaytib keladilar.