GM Uzbekistan Ommaviy axborot vositalari vakillari va haridorlarga faoliyatiga doir rasmiy xabarnoma berdi.
Xabarnomada so`nggi kunlarda bir qator elektron ommaviy axborot vositalari tomonidan GM Uzbekistan AJ faoliyatiga doir, hususan savdo tizimidagi o`zgarishlarga bag`ishlangan bir qancha maqolalar chop etilgani qayd etilgan.
Kompaniya OAVlarda chop etilgan maqolalarda keltirilgan eng dolzarb masalalarga ochiqlik kiritdi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar narxini AQSh dollariga bog`lash iqtisodiyot sub`ektlari tomonidan keng qo`llanilib kelinayotgan amaliyot bo`lib, ko`pchilik uchun yangilik emas. Masalan, milliy aviakompaniya, mobil aloqa operatorlari, internet provayderlari, turistik firmalar o`z tovar va xizmatlari uchun tariflarini erkin konvertasiyadagi xorijiy valyutada, AQSh dollari yoki Evroda belgilaydilar. To`lovlar Markaziy bankning to`lov sanasidagi rasmiy kursi asosida milliy valyutada amalga oshiriladi.
Shu bilan birga ta`kidlab o`tish joizki, avtomobil uchun oldindan to`lovning minimal miqdori (85%) amalga oshirilgandan keyin to`lovning qolgan qismiga valyuta kursi o`zgarishi ta`sir qilmaydi va avtomobil uchun to`lov shartnoma tuzilgan kundagi kurs asosida amalga oshiriladi, ya`ni avtomobil narxi o`zgarmaydi.
14.09.2021, 17:36
Markaziy bank 15 sentyabrdan xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Bu haqda Markaziy Bank Matbuot xizmati ma`lum qildi.Unga ko`ra, dollarning rasmiy kursi 34.93...30.08.2021, 16:13
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.Unga ko`ra, dollarning rasmiy kursi 1.29 so`mga oshdi va bir dollar 10 653.18 so`mni tashkil...16.08.2021, 17:03
Markaziy bank 17 avgustdan xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.Unga ko`ra, AQSh dollarining rasmiy kursi 23,00 so`mga pastlab, 10 660,00 so`mga etdi.Evro kursi...11.08.2021, 16:16
Markaziy bank 12 avgustdan xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.Unga ko`ra, AQSh dollarining rasmiy kursi +9,03 so`mga yuqorilab, 10 660,03 so`mga etdi.Evro kursi...