Joriy yilning 29 iyun kuni Ramazon mavsumi umra ziyoratini ado etish uchun jo`nab ketgan yurtdoshlarimiz sog` – salomat Vatanga qaytib keldilar.
“Umra-2017” Ramazon mavsumini namunali tashkil etish ishlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 26 avgust kunidagi PF-3793-son Farmoni asosida tuzilgan "Haj va Umra" tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish masalalari bo`yicha Respublika Jamoatchilik kengashi qarorlari asosida amalga oshirildi.
Ziyoratlar davomida hamyurtlarimizning Saudiya Arabistonida ibodat qilishi, (saharlik va iftorlik) ovqatlanishi, ularga tibbiy xizmat ko`rsatish, kutib olinish va kuzatish bo`yicha tashkiliy masalalar o`zbekistonlik 4 nafar ishchi guruhi, 13 nafar guruh rahbari (ellikboshi), 3 nafar shifokor va 2 nafar oshpazlar tomonidan xizmat ko`rsatildi.
13 iyun kunidan 29 iyun kuniga qadar o`zbekistonlik ziyoratchilarning umra ziyoratiga kuzatish va kutib olish ishlari tashkil etilib, Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida amalga oshirildi.
“Umra-2017” Ramazon mavsumida jami 672 nafar fuqarolarimizning umra ziyoratini amalga oshirdilar.
Ularga Madina shahrida “Masjidi nabaviy”dan 100-150 metr masofada joylashgan to`rt yulduzli “Nur al-Mavadda” mehmonxonasi, Makka shahrida esa “Xaram masjidi”dan 1500-2000 metr uzoqlikdagi besh yulduzli “Abroj al-Meridian” mehmonxonasi xizmat ko`rsatdi.