AsosiyJamiyat

​22 yoshli vazir o`rinbosari bir kunda bajargan ishlari va oldiga qo`ygan maqsadlari haqida so`zlab berdi

'​22 yoshli vazir o`rinbosari bir kunda bajargan ishlari va oldiga qo`ygan maqsadlari haqida so`zlab berdi'ning rasmi

3 iyul kuni Xalqaro Press klubda yangi tuzilgan O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi davlat tashkilotining faoliyatiga bag`ishlangan “O`zbekistonda yoshlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondoshuv mavzuida” sessiya bo`lib o`tgani haqida xabar bergandik.

Sessiya ishida kuni kecha Prezident tomonidan tayinlangan Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Alisher Sa`dullaev qatnashdi.

U o`z so`zini boshlar ekan Prezident tayinlagani uning uchun mutlaqo kutilmagan voqea bo`lganligini va ko`plab fikrlar va savollar kela boshlagani uchun o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntini o`chirib tashlaganini ma`lum qildi.

Alisher qatnashchilarga oldiga juda ko`p maqsadlar qo`yganligini so`zlab berdi.

Alisher o`z nutqida Prezidentning ishonchini oqlashini va nasib qilsa bir yil o`tgach yana o`ziga o`xshagan ko`plab yoshlarga mana shunday vazifalar topshirilishi uchun qo`lidan kelgancha harakat qilishini va kerak bo`lsa 24 emas 25 soat ishlashini aytdi.

Sa`dullaev o`zining vazirlikdagi ilk kuni faoliyati haqida yig`ilganlarga quyidagilarni ma`lum qildi:

“Faoliyatimning ilk kuni xalq ta`limi tizimi 5 million bolani qamrab olganini, ulardan 4 millioni maktabgacha ta`lim muassasa bolalari qolgan bir millioni maktab o`quvchilari ekanligini bildim va shu sababdan asosiy e`tiborni bog`chalarga qaratish lozimligini tushunib etdim. Birinchi kunni o`zida meni Toshkentdagi eng yaxshi ko`rsatkichli va unchalik yaxshi bo`lmagan ko`rsatkichli maktabga olib borishlarini so`radim, hamda ularning farqlarini aniqlab, ko`rsatkichni ko`tarish yuzasidan takliflar ishlab chiqmoqchiman”, — deya qayd etdi u.

Alisher yaqin 100 kunlik faoliyati bilan bog`liq rejalari bilan o`rtoqlasharkan, birinchi galda bolalar bog`chalaridagi ahvolni o`rganish, yangi tizimlarni tatbiq etish, sharoitlar bilan bevosita tanishish maqsadida viloyatlarga safar qilishni rejalashtirganini aytdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar