AsosiyJamiyat

​Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi

'​Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi farmoyishi talablari ijrosini ta`minlash va kitobxonlikni targ`ib qilish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi tashabbusi bilan vazirlik hovlisida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada “O`zbekiston”, “Adolat”, “Yangi asr avlodi” va boshqa nashriyotlari o`z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Xaridorlarga tarixiy, badiiy, huquqiy, siyosiy va bolalar adabiyotlari taqdim etildi. Xodimlar yarmarkada uyushqoqlik bilan qatnashdilar.


- Yarmarkada 300dan ortiq turli nomdagi kitoblar bilan qatnashyapmiz, - deydi "O`zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi marketing bo`limi menejeri M.Xoliqov. - Bunchalik ko`p kitob sotamiz deb o`ylamagandik. Ba`zi kitoblarimiz tugab qolgani sababli yana olib kelishga to`g`ri kelyapti.

Xuddi shunday kitob yarmarkasi Ichki ishlar vazirligining alohida joylashgan tizimlarida ham o`tkaziladi, deb yozadi O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar