1

BUXOROLIK ERKAK 29 YoShLI XOTININI PIChOQLAB O`LDIRDI

Jinoyat 14.07.2017, 22:42
BUXOROLIK ERKAK 29 YoShLI XOTININI PIChOQLAB O`LDIRDI

2017 yilning 6—12 iyul kunlari Buxoro viloyati hududida jami 59 ta jinoyat qayd etildi. Ushbu jinoyatlarning 50 tasi «issiq izi»dan fosh etilib, jinoyatlarning ochilishi 84,7 foizni tashkil qildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmatiga asoslanib “Daryo” xabar berdi.

Hafta davomida 1 ta qotillik, 1 ta bezorilik, 13 ta o`g`rilik, 9 ta firibgarlik, 4 ta tan jarohati etkazish bilan bog`liq hamda 31 tasi boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan.

Jumladan, hafta davomida sodir etilgan qotillik jinoyati Qorako`l tumani Osiyo MFYda yashovchi 1988 yilda tug`ilgan M.Ro`zievaga nisbatan sodir etildi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida er-xotin o`rtasidagi o`zaro kelishmovchilik sababli M.Ro`zieva ikki nafar voyaga etmagan farzandlarini olib otasining uyiga ketib qolganligi, turmush o`rtog`i S.Cho`lliev qaynotasining uyiga turmush o`rtog`ini qidirib borganligi va shu vaqtda turmush o`rtogi M.Ro`zieva bilan o`zaro suhbatlasha turib tortishib qolganligi natijasida S.Cho`lliev tandirxonada bo`lgan oshxona pichog`i bilan M.Ro`zievaning badaniga jarohat etkazib uning o`limiga sababchi bo`lganligi aniqlangan.

Shuningdek, hafta davomida viloyat bo`yicha 3 nafar qidiruvda yurgan jinoyatchilar ushlanib, jazoning muqarrarligi ta`minlangan bo`lsa, Jondor tuman IIB xodimlari tomonidan 1 nafar bedarak yo`qolgan shaxs aniqlanib, oila a`zolari qaramog`iga topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1