1

​3.000 AQSh DOLLAR EVAZIGA JANUBIY KOREYaGA YuBORIShNI VA`DA QILGAN XAVFLI RESIDIVIST QO`LGA OLINDI

Jinoyat 17.07.2017, 21:50
​3.000 AQSh DOLLAR EVAZIGA JANUBIY KOREYaGA YuBORIShNI VA`DA QILGAN XAVFLI RESIDIVIST QO`LGA OLINDI

2017 yilning 3 aprel kuni taxminan soat 10:00larda, muqaddam sudlangan Kim Alyona Olegovna, Sergeli tumani hududida, fuqaro Bayramov Javoxir Tuxtasinovichning ishonchiga kirib, unga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishda yordam berishini bildirib, aldov yo`li bilan undan 3.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan.

Mazkur holat yuzasidan, Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik, ya`ni xavfli residivist tomonidan, o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiya va ismlarning har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.

Diqqat !!! Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko`rganlar bo`lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1