1

«O`Z BOLAMNI KO`RIShGA ZORMAN»

Mutolaa 05.08.2017, 10:19
«O`Z BOLAMNI KO`RIShGA ZORMAN»

Talabalik. Keng auditoriya. Orqa partada yolg`iz o`tirib, kursdoshlarimning chug`ur-chug`uriga quloq solaman. Biri ertangi uyga vazifa tashvishini eydi, biri kurs ishini qanday yozish ustida bosh qotiradi. Ular uchun mana shular muammo. Mening esa xayollarim ham, g`amlarim ham mutlaqo boshqacha. “Hozir bolam nima qilayapti ekan?” Miyamda tinmay shu savol aylanadi. Qorni ochdimi? Chirillab yig`layaptimi? Onasini izlab talpinyaptimi? «Balki miriqib uxlab yotgandir», deb o`zimga tasalli berib qo`yaman. Talabaligida turmushga chiqib, bolali bo`lgan ayol, deya taxmin qilayapsizmi? Qaniydi shunday bo`lsa... Darslar tugagach, uyga chopardimu, bolaginamni to`yib bag`rimga bosardim. Hozir esa murg`ak go`dagimni ko`rishdan ham mahrumman…

O`qishga kirganim xushxabarini aytish uchun qishloqqa borganimda, hammaning boshi ko`kka etdi. Ayniqsa, ota-onamning quvonchi cheksiz edi.

— Qizim talabalar uyida turmaydi, ijaraga uy qidirib ham ovora bo`lmaymiz, singlimnikida yashaydi, — dedi oyim.

— Ha, shunda bizning ham ko`nglimiz tinch bo`ladi. Xola ona o`rnida, deyishadi-ku, – oyimning fikrini ma`qulladi dadam.

— Doktor, bizga yordam bering. Nima qilib bo`lsa ham yo`qoting bu bolani, – dedi.

— Homila uch oydan katta. Agar abort qilsak, yana farzandli bo`lishiga kafolat yo`q, – dedi u javoban.

— Yaxshilikcha ket, shunda o`zingga ham oson bo`ladi, — dedi eshikni ochgan xolam meni uyga kiritmay.

— Iltimos, bolani (“bolam” deyishga uyaldim, to`g`rirog`i qo`rqdim) bir martagina ko`ray.

— Qanaqa odamsizlar o`zi? Men qiynalib boqayotgan bolani u xohlaganida kelib ko`raversin-a? Bunaqada ertaga yana erim bilan don olishib, tug`ib beradi. Tayyor boqadigan bor-ku!

— Xolam poytaxtning ko`p qavatli uylaridan birida yashar, oilasi ham katta emas, o`g`li, kelini va bir yoshli nevarasi bilan turardi. Bu erdan menga ham xona ajratildi, o`qishga qatnay boshladim. Xolam bir o`g`li bilan beva qolgani uchun meni o`z qizidek ko`rar, kelini ham doim ochiq chehra bilan yurardi. Faqat o`g`li menga boshidanoq yomon ko`z bilan qaraydigan bo`ldi. “O`zgarib ketibsan, Guli, oldin bunaqa chiroyli qiz emasding”, deb suqlanib qaraganida gapini hazilga yo`yib indamay yuraverdim. Bora-bora uning xushomadlari ko`paydi. Bir kuni uyda hech kim yo`qligida bilagimdan tutganida, qo`rqib ketib, o`zimni ko`chaga otdim. Ko`cha boshida xolamning ishdan kelishini kutdim. Xolamga hammasini aytib bermoqchi edim, ammo o`zini ko`rganimda “do`konga chiqqandim”, deb qo`ya qoldim.

Bu chapani yigit tinchimni o`g`irladi. Har kuni o`qishdan chiqishimni kutib turar, uylanmagan yigitlardek sevgi izxor qilardi. Tabiiy, men xotini, bolasi bor erkak, uning ustiga xolavachchamning nag`malariga uchmadim. Lekin mening qaysarliklarim uning nafsini olovlantirayotganini bilmagan ekanman. Bir kuni xolam va kelinoyim to`yga ketganida xonamga bostirib kirdi. Unga kuchim etmadi, afsus, o`zimni himoya qilolmadim. O`sha mudhish voqeadan keyin bir oycha telbanamo bo`lib yurdim. Atrofimdagilar hayron. Dardimni kimga ham ayta olardim? Uning ilk nigohidan so`ng bu uyni tark etishim kerak edi, endi kech, deb ich-etimni edim.

Xolavachcham shundan keyin ham meni tinch qo`ymadi. Endi u meni avvalgidek qo`rqitmas, shirin so`zu erkalashlari xush yoqardi. Bora-bora uning jazmaniga aylandim. Qanday qilib bu ahvolga tushib qolganimga o`zim ham hayronman. Kunlarning birida mazam qochib, oyoqda turolmay qoldim. O`shanda onamning ko`ngli sezganmi, bizni ko`rishga keldi. Kasalligimni bilib, tezda shifokorga olib bordi. U erda esa... homiladorligim ma`lum bo`ldi. Onam shifokorning oldida ekanimizga qaramay meni do`pposladi. So`ng yum-yum yig`lab:

Rosti, o`shanda menga keyinchalik farzand ko`rish-ko`rmaslikning farqi yo`q, sharmandalikdan qutilsam bo`ldi edi. Qarorni onam qabul qildi. Shifokorning huzuridan gap-so`zsiz chiqib ketdik. Onamga bo`lgan voqealarni aytib berdim. Xolamnikiga kelib, janjal ko`tardik.

— Qizimni zo`rlagani uchun o`g`lingni qamataman, – dedi onam singlisiga.

— Engiltak qizingning kasriga biz qolamizmi? Bolasini oldirsin!

— Yo`q, tug`adi! Kerak bo`lsa, o`g`ling qizimga uylanadi.

— Xotini, bolasi bo`lib turib-a?

— Bo`lmasa, qamoqda chiritaman!

Janjal avjiga mindi. Ikki tomon bir-birini ayblardi. Oxiri, xolam echim topib berdi:

— Bolani tug`ib, bizga tashlasin-da, ketsin! Falokati o`zi bilan daf bo`lsin!

Ikki kun o`tib, xolamning uyidan ketdim. Oyim bir xonali ijara uy topib berdi. Endi u erdan o`qishga qatnar, borgan sari kattalashayotgan qornimni siqib bog`lab, qavat-qavat kiyimlar kiyib, yashirardim. Vujudimdagi jonning qimirlashlari menda allanechuk tuyg`ularni uyg`otdi. “Bu bola meniki emas, baribir uni o`zim boqmayman”, deb tug`ilayotgan ona mehrini so`ndirishga tirishdim. Oy kunim etib, bolani dunyoga keltirdim. Tug`ruq achchig`ini ko`rib, shuncha qiyinchilik bilan tuqqan bolamning mendan tortib olinishini o`ylab, ko`zimdan olov chiqib ketdi. Go`dakni o`zim parvarishlolmasligimdan bexabar doya ayol unga ko`kragimni tutdi. Ona suti bilan mehr tushishi hech kimga sir emas.

— Bolamni hech kimga bermayman, o`zim boqaman. Sharmanda bo`lsam bo`larman, – dedim holimdan xabar olgani kelgan onamga.

— Esingni ebsan! Bu sharmandalikni sen ko`tara olarsan, lekin men ko`tarolmayman. O`sha gapim gap!

Oyim jaxl bilan xonani tark etdi. Tug`ruqxonadagilar bilan gaplashib, ertasigayoq meni u erdan olib chiqib ketdi. Bir parcha et holidagi go`dakni “O`g`ling pishirgan osh” deya xolamga topshirdi. Keyin bilsam, kelinoyim erining qamalmasligi, bolasining otasiz qolmasligi haqqi hamma narsaga ko`nibdi. Er-xotin bolamni o`z nomlariga rasmiylashtirishibdi. Hatto, kelinoyim bir yoshdan oshgan bolasiga qo`shib emizishga ham rozi bo`libdi.

Bolam oilali ekanligi meni xursand qildi. Ammo uning yuz-ko`zlari xayolimdan bir zum ketmas, sog`inch ichimni kemirardi. Bardoshim tugab, sharmandalikdan boshim ham bo`lib chiqib ketgan xolamning xonadoniga bordim. Hamma menga hazar bilan qaradi. Hatto shu holga solgan xolavachcham ham. Bundan ortiq munosabatni kutmagandim ham, ostonadan kiritganlariga rahmat. O`g`lim ancha o`zgarib qolibdi. Biram shirinki. Karovatchasida miriqib uxlab yotibdi.

Uyg`onishini kutib turdim. Bir ozdan keyin ovozi eshitilgandi, endi oldiga borib ko`tarishga chog`langanimda, kelinoyim kirib keldi.

— Harom qo`lingni bolaga tekkizma! Xudo biladi, qaerlardan, nimalar qilib kelyapsan!

Lom-mim deyolmadim. Nima ham derdim? Bolamning tagligini alishtirayotganini jimgina kuzatib turdim.

— Nima kerak? Gaping bormi? — dedi u zum o`tmay.

Indamay chiqib ketdim. Yotoqxonamgacha yig`lab-yig`lab keldim. Tuni bilan uxlolmadim. Bolamni bir necha daqiqa ko`rib, sog`inchimning tafti bosilmaganidan yuragim yana u tomon intilardi. Shu zaylda o`n kunni arang o`tkazdim va yana xolamnikiga bordim.

Xolam ichkariga kirib ketdi. Eshikni yopmaganidan uyga kiritish niyati borligini bilib, sevindim. Ichkari xonadan kelinining ovozi eshitildi. Jaxli chiqib baqiryaptimi yoki meni eshitsin deyaptimi, bilmadim.

Devorga suyangancha jim qoldim. Bolamni ko`rolmas ekanman, degan umidsizlik butun vujudimni qamrab oldi. Eshikning taraqlab yopilganidan o`zimga keldim. Harakatsiz turaverdim. Qancha vaqt o`tganini bilmayman, bolamning yig`isi eshitildi. Ko`zlarimdan yosh dumaladi. Bu bolamning yig`isini bo`lsa-da eshitolganimdan quvonch yoshlari edi. Hamma onalar yig`layotgan bolasini ovutishga urinsa, men bu yig`i uzoqroq davom etishini istab, quloq solib turdim. Ko`p o`tmay ovoz tindi. Onasi emizayotgan bo`lsa kerak-da. Ha, u bolamning onasi, men emas!

Orqa partada go`yo ma`ruza tinglayotgandek shular haqida o`ylar ekanman, bu er ham menga g`animatligi, auditoriyada oxirgi marta o`tirganim yodimga tushdi. Darsga kirishimdan avval dekanatga chaqirishgan edi. Yashirishga uringanim bilan homilador bo`lganim, nikohsiz bolani dunyoga keltirganim hammaga ayon bo`libdi. Meni talabalar safidan chiqarishdi.

MUBIYNA yozib oldi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1