1

URGANChDA O`Z TOMORQASIDA NAShA ETIShTIRGAN ShAXS ANIQLANDI

Jinoyat 07.08.2017, 10:37
URGANChDA O`Z TOMORQASIDA NAShA ETIShTIRGAN ShAXS ANIQLANDI

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog`liq jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi juda yuqoridir. Jamiyatimizda shu zahri qotil bilan savdo qiluvchi, uni o`z uyida parvarishlab etishtiruvchilar oz bo`lsada topilib turadi.

Yaqinda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi tezkor vakillari tomonidan ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda Urganch tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida o`z tomorqasida nasha etishtirgan shaxs aniqlandi.

Viloyat bojxona axborot xizmati xabariga ko`ra, Chakkasholikor qishlog`ida yashovchi fuqaro D.Madrahimovning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, xovlidagi tomorqada 11 tup kannabis o`simligi “barq” urib o`sayotganligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida aniqlagan mazkur narkotik giyohlarning umumiy og`irligi salkam 1.7 kg.ni takshil qildi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.Madrahimovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu o`rinda yurtdoshlarimizdan shunga o`xshash holatlardan xabardor bo`lsalar, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining (0362) 224-59-20 raqamli ishonch telefoniga murojaat etishlarini so`raymiz.

Ma`lumot bergan shaxslarning ismi-shariflari sir saqlanishi kafolatlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1