AsosiyDUNYO

Pokiston armiyasi qo‘mondoni Tehronga tashrif buyurdi

Pokiston armiyasi qo‘mondoni Eron va AQSh o‘rtasida vositachilik qilish uchun Tehronga keldi.

'Pokiston armiyasi qo‘mondoni Tehronga tashrif buyurdi'ning rasmi

Pokiston armiyasi bosh feldfeldmarshali Asim Munir Eron va AQSh o'rtasidagi kelishmovchiliklarda vositachilik qilish maqsadida Tehronga keldi. Bu haqda ISNA agentligi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Pokiston tomonlar o'rtasidagi ziddiyatlarni yumshatishga qaratilgan diplomatik sa'y-harakatlarda ishtirok etmoqda. Pokiston ham Tehron, ham Vashington bilan aloqalarni saqlab, mintaqada katta mojaro avj olib ketishining oldini olishga harakat qilmoqda.

Biroq tashrif hali muzokaralarning dastlabki bosqichida ekani ta'kidlanmoqda.

Ayni paytda Qatardan kelgan muzokarachilar guruhi ham Tehronga yetib kelgan bo'lib, ular AQSh bilan hamkorlikda mojaroni tugatishga qaratilgan kelishuv ustida ish olib bormoqda. Qatar avval ham mintaqadagi bir qator muzokaralarda vositachi sifatida ishtirok etgan. 

NATO tashqi ishlar vazirlari ham Shvetsiyadagi uchrashuvda Hormuz bo'g'ozi orqali dengiz yo'llarini xavfsizlash masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.

Biroq tashrif hali muzokaralarning dastlabki bosqichida ekani ta'kidlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar