AsosiyJAMIYAT

Qo‘qonda 9-sinf o‘quvchisi boshqargan mashina ishtirokida fojiali YTH sodir bo‘ldi

IIV ma'lumotiga ko'ra, 10 yoshli uch nafar qizaloqni urib yuborgan.

'Qo‘qonda 9-sinf o‘quvchisi boshqargan mashina ishtirokida fojiali YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

Qo‘qonda 20 may kuni soat 15:40 atrofida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida fojia yuz berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 9-sinf o‘quvchisi bobosining ruxsati bilan avtomobil kalitini olgan va mashinani yuvish bahonasida harakatlanib ketgan. Shu paytda u piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan maktab o‘quvchilarini urib yuborgan.

Hodisa oqibatida 1 nafar qizaloq shifoxonada vafot etgan, yana 2 nafari og‘ir jarohatlar bilan shifokorlar nazoratida.

Mashina egasi — bobosi ham holatga izoh berib, kalitni faqat yuvish uchun berganini, nabirasi chiqib ketganini payqamaganini aytgan.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan voyaga etmagan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266 va 267-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U hibsga olingan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar