O`zbekistonlik hojilarimizning so`nggi guruhlari haj amallarini to`la-to`kis amalga oshirib, sog`-salomat vatanimizga qaytib keldilar.
Hojilarimizni Toshkent xalqaro aeroportida 24 sentyabr kuni Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi kutib oldilar.
“Haj-2017” mavsumini namunali tashkil etish ishlari PF-3793-son Farmon asosida tuzilgan “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish masalalari bo`yicha Jamoatchilik kengashi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshirildi.
Makka shahridagi mehmonxonada ziyoratchilar bilan kunlik ma`naviy-ma`rifiy uchrashuvlar, suhbatlar o`tkazildi. Uchrashuvlarda yurtimizdagi islohotlar, milliy va diniy qadriyatlarimiz, hajning tashkiliy jihatlari, xavfsizik choralari, haj va umraga tegishli fatvolar hamda shifokorlar tomonidan shaxsiy gigienaga tegishli qoidalar tushuntirib borildi.
Haj mavsumi davrida ziyoratchilarni Haj vazirligi mutasaddilari va o`zbekiston ishchi guruhi hamkorligida muqaddas joylar: Mino, Arofat, Muzdalifa va Jamarotga ko`chirish tadbirlari yuqori saviyada, uyushgan hamda qisqa muddatlarda tashkil etildi. O`zbekiston hojilariga ajratilgan maxsus joylarda ziyoratchilarimiz ibodatlarini erkin amalga oshirishlari uchun ishchi, shifokor va oshpazlar guruhi tomonidan barcha qulayliklar yaratib berildi.
Arafot vodiysida Qurbon hayiti arafasida hojilarimiz yurtimiz taraqqiyoti va elimiz farovonligini so`rab duolar qildilar. Prezidentimiz va xalqimizga Qurbon hayiti tabrigi yo`llandi.
Quvonarlisi, bu yilgi haj mavsumida “Nuroniy” jamg`armasi taklifiga hamda Rahbariyat ko`rsatmasiga binoan 72 nafar Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari imtiyozli ravishda haj amalarini bajardilar.
Urush faxriylariga haj amalarini emin-erkin, bekamu-ko`st bajarishari uchun Madina va Makka shaharlarida Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida barcha qulay sharoitlar yaratib berildi. Faxriylarimiz uchun Makka shahridagi mehmonxonada bayram tadbiri uyushtirildi va ularga turi xil esdalik sovg`alar ulashildi. Faxriylarimiz bundan juda xursand bo`ldilar va Prezidentimiz hamda hukumatimizga shunday sharoitlarni yaratib berganliklari uchun minnatdorchilik izhor qilib, duolar qidilar. Ushbu tadbir Saudiyaning ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
Ziyoratdan qaytgan fuqarolarimiz yaratib berilgan sharoitlar uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat nomiga minnatdorchiliklar bildirib, Yurtimiz ravnaqi yanada rivojlanishini tilab duolar qildilar, deya xabar qiladi Din ishlari bo`yicha qo`mita Axborot xizmati.