AsosiyJamiyat

​2018 YILDAN 37 TA AKADEMIK LISEYDA QABUL TO`XTATILIB, 68 TASI OTM TASARRUFIGA O`TKAZILADI

'​2018 YILDAN 37 TA AKADEMIK LISEYDA QABUL TO`XTATILIB, 68 TASI OTM TASARRUFIGA O`TKAZILADI'ning rasmi

O`zbekiston Prezidentining “Oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan o`quv-metodik va moddiy-texnika bazasi talabga javob bermaydigan, oliy ta`lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta`lim sifati va oliy ta`lim muassasalariga kirish ko`rsatkichlari past bo`lgan 37 ta akademik liseyga 2018/2019 o`quv yilidan boshlab o`quvchilarni qabul qilish to`xtatiladi va 2019 yil 1 sentyabridan ularning faoliyati tugatiladi.

Yuqori ilmiy va pedagogik salohiyatga, zarur moddiy-texnik bazaga ega 68 ta akademik lisey oliy ta`lim muassasalari tasarrufiga o`tkaziladi.

Qabul to`xtatiladigan akademik liseylarning 2- va 3-bosqich o`quvchilari ta`limni amaldagi o`quv dasturlari bo`yicha yakunlaydi va davlat namunasidagi akademik lisey bitiruvchisi diplomini oladi.

Faoliyati tugatilayotgan akademik liseylar pedagog-xodimlarining bandligini ta`minlash maqsadida ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Oliy ta`lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida amalga oshiriladi.

2017/2018 o`quv yilidan boshlab akademik liseylarda o`qish muddati 2 yil etib belgilandi va endilikda ularga o`quv-metodik jihatdan rahbarlikni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi amalga oshiradi.

Qarorning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar