1

Kosmetika ayol salomatligiga zarar etkazadi

Salomatlik 02.12.2013, 13:03
Kosmetika ayol salomatligiga zarar etkazadi
Buyuk Britaniya va AQSh olimlari zamonaviy kosmetik vositalarning kompleks tadqiqotini o`tkazganidan keyin ana shunday xulosaga keldi.

Olimlar kosmetika tarkibiga ko`plab har xil zararli moddalar kirishini va ular kosmetik vositalarda ko`zda tutilgan dozalarda zarar qilmasligini aniqladi. Biroq ularni uzoq vaqt
davomida muntazam ravishda qo`llash ushbu moddalarning organizmda to`planib qolishiga olib kelib, turli allergik reaksiyalarni va hatto astma va onkologik xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin ekan.

Xususan,dezodorantlar tarkibidagi alyuminiy tuzlari eng zararli moddalar sifatida qayd
etiladi. Ular ko`krak bezi saratoni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, nafaqat ayollar, balki dezodorantlar, dush uchun gellar va murakkab tarkibli sovunlardan foydalanuvchi erkaklar ham xatar guruhiga kirishi aytiladi. Shu bois kosmetik vositalarni ishlab chiqaruvchi firma va distribyutorlarni tanlashda juda ehtiyot bo`lish lozim. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1