AsosiyJamiyat

​TARBIYaChILARNING MAOShLARI BOShLANG`ICh TA`LIM O`QITUVChILARINIKI BILAN TENGLAShTIRILADI

'​TARBIYaChILARNING MAOShLARI BOShLANG`ICh TA`LIM O`QITUVChILARINIKI BILAN TENGLAShTIRILADI'ning rasmi

Bugun Milliy matbuot markazida “Ta`lim va tarbiya uyg`unligi – barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili” mavzuida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Matbuot anjumanida o`tgan davr mobaynida ta`lim tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov ma`lumot berdi.

Tadbir davomida jurnalistlar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan vazirga murojaat qilishdi. Ana shunday savollardan biri o`qituvchilarning maoshlari oshirilishi yuzasidan bo`ldi.

“Mehnat qadrlanishi kerak, albatta. Agar mehnat rag`batlantirilmasa, natija samarali bo`lmaydi. Prezidentimiz bizga topshiriq berganlar, hozir birinchi navbatda maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarining oylik maoshlarini qayta ko`rib chiqyapmiz. Agar 5-6 yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oylik maoshini boshlang`ich ta`limi o`qituvchilarining oylik maoshi bilan taqqoslaydigan bo`lsak, ularning qariyib ikki baravar kam ekanligini ko`rish mumkin. hozir hisob-kitoblarini qilib, kelasi yildan boshlab maktabgacha ta`lim muassalari tarbiyachilarining oylik maoshlarini boshlang`ich ta`lim o`qituvchilarining oylik maoshlari bilan tenglashtirish bo`yicha hisob-kitob ishlarini amalga oshirmoqdamiz. Prezident qaroriga asosan keyingi yildan ularning oylik maoshlari oshadi. Maktab o`qituvchilarining oyliklarini oshirish ham rejada bor. Prezidentimiz joylarda uchrashuvlar o`tkazar ekan, birinchi navbatda o`qituvchilarni hamda shifokorlarning oylik maoshlarini oshirish masalasini ko`rib chiqamiz deya qayd etdilar. Hozirda bizda rag`batlantirish raqobat tizimi bor. O`qituvchi rag`batlaniruvchi manbalardan foydalanishi uchun o`z faoliyatiga ijodiy yondoshuv tizimi shakllantirilgan”,

deya javob berdi Xalq ta`limi vaziri U.Inoyatov.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar