AsosiyJamiyat

MINGDAN ORTIQ MAKTABDA IXTISOSLAShGAN SINFLAR OChILDI

'MINGDAN ORTIQ MAKTABDA IXTISOSLAShGAN SINFLAR OChILDI'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv chog`ida ma`lum qildi.

Ma`lumki, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ikkita kasbni o`rganib chiqishar edi. Endilikda, maktab o`quvchisi ham 11-sinfni yakunlaguncha ikkita kasbni egallaydi, ya`ni 10-sinfda bitta kasb, 11-sinfda ikkinchi kasb bo`yicha saboqlar beriladi. O`quvchilar shu hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kasb-hunarga yo`naltiriladi. Bu esa o`z navbatida maktabdan keyin ish bilan ta`minlanishida duch kelinadigan muammolarni oldini olishga xizmat qiladi. Kasbni egallaganlik haqidagi hujjat shahodatnoma bilan birga beriladi. Bu hujjat yoshlarga mehnat faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beradi. Kasb-hunarga tayyorlashni yanada samaradorligini oshirish uchun bu yil mingdan ortiq maktablarda ixtisoslashgan sinflar ochildi.

    Boshqa yangiliklar