Toshkent shahar hokimligi Yo`lovchi transportining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti yana bir tashkil qilingan yo`nalishli taksi harakati haqida ma`lumot berdi.
Aholining murojaatlarini inobatga olgan holda sentyabrda poytaxtda qatnovni amalga oshiradigan yo`nalishli taksilarning harakatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilgani haqida avval xabar bergandik.
7 oktyabrdan departament kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda 87m “Qora-qamish 2/4-mavzesi AShB – Chilonzor metrosi” bekatlari oralig`ida qatnovchi taksi harakatini yo`lga qo`ydi.
Yangi yo`nalish Toshkent shahar, Olmazor tumani, “NIHOL” MFY, “SHON-SHUXRAT” MFY aholisidan kelib tushgan takliflar asosida tashkil qilindi.