O‘zbekiston hukumati chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqdagi hujjat Lex.uz saytida e’lon qilindi.
Yangi tartibga ko‘ra, chet el fuqarolari maxsus soliq rejimi uchun 50 ming AQSh dollari yig‘im to‘laydi. Shuningdek, O‘zbekistonda bank hisobraqami ochish yoki litsenziyalangan kripto-birjada hamyonga ega bo‘lish talab etiladi.
Shartlar bajarilsa, ularning O‘zbekiston tashqarisidagi daromadlari daromad solig‘idan ozod qilinadi. Har bir voyaga yetgan yaqin qarindosh uchun qo‘shimcha 10 ming dollar to‘lov belgilangan.
Shu bilan birga, PF-180 farmoniga ko‘ra, 12 oyda 30 kundan ortiq O‘zbekistonda bo‘lgan va turar joyga ega shaxslar soliq rezidenti sifatida tan olinadi.






