1

Sug`ur qish hali beri tugamasligini bashorat qildi

Dunyo 03.02.2014, 10:04
Sug`ur qish hali beri tugamasligini bashorat qildi
Afsonaviy "xalq meteorologi" – Amerikaning Panksutoni shaharchasida yashaydigan Fil sug`uri (Pensilvaniya shtati), qish qachon tugashini bashorat qildi.
 
So`nggi 127 yilda mahalliy aholi har yilning 2 fevral kuni kemiruvchini inidan chiqarib, bahor qachon kelishini aniqlashadi. Xalqning alomatlariga ko`ra, agar sug`ur o`z soyasini ko`rib qolsa bahor kelishiga hali olti hafta bor hisoblanadi. O`z soyasini sug`ur shu kungacha 100 marta ko`rib qolgan. Buning aksi bo`lgan holda bahor kelishiga sanoqli kunlar qolgan bo`ladi.
 
Amerikalik meteorologlarning hisob-kitoblariga ko`ra, Filning bashoratlari faqat 39% hollardagina to`g`ri chiqadi. So`nggi 25 yilda sug`ur 10 marta xato qilmagan.
 
Ammo uning ishqibozlari Filning “bashoratlari” 75-90% hollarda to`g`ri chiqishiga ishonishadi.
 
Ilk bor sug`ur Kuni Panksutonida 1887 yilda nishonlangan. Shundan beri Fil ob havo bashoratini tantanali ravishda amalga oshiradi. O`tgan yili ushbu tadbirni ko`rishga mazkur kichik shaharchaga 50 ming kishi tashrif buyurgan.
 
Filning AQSh va uning tashqarisidagi mashhurligi yil sayin ortib bormoqda. Sug`urning o`z fan-klubi ham mavjud bo`lib, uning 30 ming ishqibozi bor.
 
Bundan tashqari, bayram va hayvon haqida 1993 yilda fantastik komediya suratga olingan bo`lib, barchamiz tomonidan sevib tomosha qilinadigan “Sug`ur kuni” filmidagi bosh rolni Bill Myurrey ijro etgan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1