03.02.2014 10:24
Amerikalik o`quvchining cho`ntagida Iphone 5c yonib ketdi
Buning oqibatda qiz tanasining bir qismi kuydi. O`quvchi darsda o`tirgan paytda smartfon birdan tutab ketadi va alanga oladi. Qizning o`zi olovni o`chirishning uddasidan chiqdi, sinfdoshlari esa unga birinchi yordamni ko`rsatishdi.
O`t o`chiruvchilar yong`in sabablarini ko`rib chiqishmoqda. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, yong`in telefon batareyasida qisqa tutashuv sodir bo`lishi oqibatida yuz bergan.
Apple kompaniyasi bu voqeaga hech qanday izoh bermadi.