1

FARG`ONA ShAHRIDA QO`LBOLA SPIRTLI IChIMLIKLAR TAYYoRLAYoTGAN YaShIRIN SEX FAOLIYaTI FOSh ETILDI

Jinoyat 24.10.2017, 16:44
FARG`ONA ShAHRIDA QO`LBOLA SPIRTLI IChIMLIKLAR TAYYoRLAYoTGAN YaShIRIN SEX FAOLIYaTI FOSh ETILDI

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2017 yil 19 oktyabr kuni Milliy xavfsizlik xizmati Farg`ona viloyati boshqarmasi, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg`ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida yana bir noqonuniy xatti-harakatga chek qo`yildi.

O`rganishlar shuni ko`rsatdiki, Farg`ona shahridagi Mangulik ko`chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Ominaxon Akbarova (maqoladagi barcha ism-shariflar o`zgartirilgan) o`z xonadonida yashirin tarzda qo`lbola spirtli ichimliklar tayyorlash bilan shug`ullanib kelgan.

Xonadon xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, qo`lbola aroq maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan yashirin sex faoliyat yuritayotgani, xususan ushbu sex ishchisi Mirjalol Samatov turli nomdagi qo`lbola aroq mahsulotlarini tayyorlayotganligi aniqlandi.

Yashirin sexni ko`zdan kechirishi natijasida, 0,5 litr hajmli shishalarda “Medovy vkus”, “Maskov”, “Mastona” nomli qo`lbola aroq mahsulotlari, 595 litr etil spirti, 840 litr tozalangan mineral suvi, 0,5 litr hajmli 800 dona bo`sh shishalar, 23875 dona aksiz markalar, 56500 dona aroq idishi qopqoqlari, 8417 dona va 2 o`ram (“Maskov”, “Mastona”, “Tundra” nomli) yorliqlar, 39,7 kg kog`oz qutilar, 1 dona aroqni qadoqlash uskunasi, 30,3 kg qadoqlash uchun polietelen plenka, 1 dona spirt gradusini o`lchovchi gradusnik va 1 dona raqamli muhr borligi aniqlandi.

Tadbir davomida umumiy qiymati salkam 58,5 mln so`mlik 595 litr etil spirti, 123 litr qo`lbola usulda tayyorlangan spirtli ichimlik ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holat bo`yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1