AsosiyShou-biznes

Ozodbek Nazarbekov 20 ta yangi qo`shig`idan voz kechmoqchi

O`zbekiston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekov aprel konsertlari nafaqat muxlislari uchun balki o`zi uchun ham olamshumul yangilik bo`lishini va`da qildi.

Pressnews nashrining Shov-shuv.uz [url=http://shov-shuv.uz/?dll=news&cl=view&id=2777]saytiga tayanib bergan [url=http://pressnews.uz/article/881]ma`lumotlariga ko`ra, san`atkor mart oyigacha 40 ta yangi qo`shiq tayyorlab, ulardan o`ziga ma`qul kelgan eng sara 20 tasini konsertidagi “musiqiy guldasta” uchun tanlab oladi.

“Konsertim reklamasidagi “Fonogramma orqali ijro etiladi” yozuvi ayrimlarning g`ashiga tekkan bo`lishi tabiiy. Biroq, o`zimni oqlaganday bo`lib, aks-sado berishga shoshilmayman. Jo`jani “aprel”da sanaymiz! Bunday o`ylaganlar yangi yakkaxon konsertimdan keyin qattiq adashishganini xulosa qilishlariga aminman! Bu yilgi dasturimga 2013 yildan tayyorgarlikni boshlaganman. Martgacha 40 ta yangi qo`shig`im tayyor bo`ladi. “Musiqiy guldasta” uchun kerakli 20 ta qo`shig`imni konsertimga saralab olaman. Qolgan 20 ta qo`shiq taqdiri nima bo`lishi bilan qiziqyapsizmi? Ishonasizmi, ulardan shunchaki voz kechaman. Ijodiy jarayon ana shunisi bilan gohida juda murakkab. Muxlislarim uchun eng yaxshisini munosib ko`raman! Aslida mening baxtim shu – eng yaxshi ijod namunalarim eng sodiq muxlislarim uchun! Mening baxtim – muxlislarimning oila a`zolarim kabi, goho ulardan ham yaqinroq bo`lgan g`oyibona mehr ta`sirida kelayotgan ilhomdir!” – deydi xonanda.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar