Namanganda bo‘lib o‘tayotgan 2026 yilgi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili festivalga tayyorgarlik doirasida viloyat bo‘yicha 100 million tup gul ko‘chatlari ekilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 150 million tupga yetkazilgan. Natijada Namangan “jamoa bo‘lib bir oy davomida eng ko‘p ekilgan gullar” yo‘nalishida Ginnes rekordini o‘rnatdi.

Tantanali ochilish marosimida Ginnes rekordlari vakili Sheyда Subasi tomonidan maxsus sertifikat viloyat hokimiga topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Namangan gullar festivali yil sayin kengayib bormoqda: 2023 yilda 1 oy, 2024 yilda 40 kun, 2025 yilda esa 50 kun davom etgan festival bu yil 24 maydan 12 iyulgacha o‘tkazilmoqda.






