AsosiyDUNYO

Pokiston temir yo‘li yaqinida portlash yuz berdi

Portlash oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘lgan, 70 dan ortiq inson turli darajada jarohat olgan.

'Pokiston temir yo‘li yaqinida portlash yuz berdi'ning rasmi

Pokistonning janubi-g'arbida joylashgan Kvetta shahrida yo'lovchi poyezd harakatlanayotgan paytda xudkush terrorist portlovchi moddalar ortigan avtomobilni temiryo'l yaqinida portlatdi. Bu haqda AP agentligi xabar berdi. Bu hakda Zamon.uz xabar berdi.

AP agentligi xabar berishicha hodisa oqibatida kamida 19 kishi halok bo'lgan, 70 dan ortiq inson turli darajada jarohat olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda kuchli portlash ta'sirida poyezdning ikkita vagoni ag'darilib, yonib ketgani, atrofni esa quyuq qora tutun qoplagani aks etgan.

Guvohlar va suratlarda qayd etilishicha, hujum odatda xavfsizlik kuchlari joylashadigan hududga yaqin erda sodir etilgan. Portlash oqibatida yaqin atrofdagi bir nechta bino zarar ko'rgan, yo'l bo'yida turgan o'n dan ziyod avtomobil' ham shikastlangan.

Yaradorlar shifoxonalarga yetkazilgan bo'lib, ulardan 20 nafari og'ir holatda ekani aytilmoqda.

Hujum uchun Pokiston markaziy hukumatidan mustaqillik talab qilib kelayotgan taqiqlangan “Balujiston ozodlik armiyasi” (BLA) guruhi mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan. Guruh bayonotida xavfsizlik xodimlarini olib ketayotgan poyezd nishonga olingani ta'kidlangan.

Balujiston viloyati hukumati matbuot kotibi Shahid Rind esa “begunoh fuqarolarning qurbon bo'lgani va hujum oqibatida insonlar halok bo'lganidan chuqur qayg'uda ekanini” bildirgan.

Uning aytishicha, portlashdan keyin Kevettadagi barcha shifoxonalarda favqulodda holat e'lon qilingan va hodisa yuzasidan tergov boshlangan.

Pokiston hukumati qo'zg'olon harakatlari bosilganini ta'kidlab kelsa-da, Balujiston hududida zo'ravonlik holatlari davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2024 yilda Balujistondagi temiryo'l vokzalida sodir etilgan xudkush portlashda kamida 26 kishi halok bo'lgan edi.

    Boshqa yangiliklar