AsosiyDunyo

AQSh sobiq harbiysi josuslik uchun 30 yilga qamaldi

AQSh sudi mamlakatning iste`fodagi harbiysini 30 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

U Rossiya maxsus xodimlari niqobidagi FQB (federal qidiruv byurosi) agentlariga mahfiy hujjatlarni etkazishda qo`lga olingan, deya  xabar beradi Associated Press.

Virjiniyada istiqomat qiluvchi  Robert Patrik Xoffman 20 yildan ortiq AQShning harbiy xizmatida bo`lib, mahfiy hujjatlarga kirish imkoni bo`lgan. Tergov natijalariga ko`ra, 2012 yilning 21 oktyabr kuni u AQSh xavfsizlik xizmatining mahfiy xujjatlarini Rossiya maxsus xizmati xodimlariga berib yuborishga harakat qilgan. Aslida ular FQB agentlari bo`lishgan. 

2013 yilining avgustida sud uni aybdor deb topgan. Dushanba kuni esa Nofolk shahri federal sudi Xoffmanni 30 yilga ozodlikdan mahrum qilgani ma`lum bo`ldi.

Prokuratura Rossiya ushbu hujjatlarni olish uchun hech qanday harakat qilmagani, Rossiyaning bunga aloqasi yo`qligini aytgan. Shuningdek, prokuratura shunchaki  shubha ostida bo`lganlarni qo`lga olish uchun Rossiya maxsus xizmati niqobi ostida faoliyat yuritishganini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar